Avval ovoz
Har bir topshiriq ovoz bilan beriladi. Bola o'qishni bilmasa ham tushunadi - avval eshitadi, keyin takrorlaydi.
Hozir hamma o'yinlar bepul
2-7 yoshli bolalar uchun: alifbo, birinchi so'zlar, baliq ovlash, xotira va saralash o'yinlari. Hammasi o'zbek tilida, ovoz bilan - bola o'qishni bilmasa ham o'zi o'ynay oladi.
Bular - ilovaning haqiqiy ekranlari. Har bir o'yin bitta ko'nikmani mashq qiladi va qisqa.

A dan Z gacha. Bola harfni eshitadi, hayvon rasmini ko'radi va inglizcha so'zni takrorlaydi. Keyin o'sha harfni barmog'i bilan chizadi.

Suvda harfli baliqlar suzadi. Aytilgan harfni ovlash kerak - bola tovushni eshitib, shaklini topadi.

Rasmni to'g'ri uyga tashlash. So'z qaysi harf bilan boshlanishini aniqlaydi - bu o'qishga tayyorgarlikning asosi.

Juftlarni topish. Karta ochilganda so'z inglizcha o'qiladi, shuning uchun bola eshitib yodlab qoladi.

Oshxona, muzlatkich, mehmonxona - kundalik joylardagi narsalarning inglizcha nomlari, bosqichma-bosqich ochiladi.
Bu yoshdagi bola darslik bilan emas, takrorlash va o'yin orqali o'rganadi. Ilova shu tamoyillar ustiga qurilgan.
Har bir topshiriq ovoz bilan beriladi. Bola o'qishni bilmasa ham tushunadi - avval eshitadi, keyin takrorlaydi.
O'sha harf sharlarda, baliq ovlashda va saralashda yana uchraydi. Takrorlash turlicha bo'lgani uchun zeriktirmaydi va yodda qoladi.
Harfni ekranda chizish qo'l harakati orqali esda qolishiga yordam beradi - faqat ko'rish va eshitishdan kuchliroq.
To'g'ri javobdan keyin yulduzcha va animatsiya. Bola nima to'g'ri bo'lganini shu zahoti biladi.
O'yinlar bir necha daqiqalik. Kuniga 10-15 daqiqa - bu yoshdagi bolaning diqqati yetadigan muddat.
So'z rasm bilan birga beriladi: bola "apple" ni olma rasmi bilan bog'laydi, oraliqda o'zbekcha tarjimani o'ylab o'tirmaydi.
Kuniga 10-15 daqiqa muntazam o'ynalganda odatda shunday ketadi. Bu - kutilma, kafolat emas: har bola o'z sur'atida o'rganadi.
Bola o'yinlarni o'zlashtiradi, harflarning tovushini eshitib takrorlay boshlaydi.
Aytilgan harfni ekrandan ishonch bilan topadi, bir nechta so'zni rasm bo'yicha aytadi.
Kundalik narsalarning inglizcha nomlarini biladi va yangi mavzularga o'tadi.
Taxmin qilib o'tirmaysiz: ota-ona bo'limida nechta harf o'rganilgani, nechta yulduzcha yig'ilgani va bugun qancha o'ynagani ko'rinib turadi.
Bola ko'radigan ekranda bitta ham reklama yoki tashqi havola yo'q. Hech qayerga "chiqib ketib" qolmaydi.
Qaysi harflarni o'rgandi, nechta yulduzcha yig'di, bugun qancha o'ynadi - hammasi ota-ona bo'limida.
Oltitagacha profil. Har birining natijasi alohida saqlanadi, bir-biriga aralashmaydi.
Telefon raqam va Telegramga keladigan kod - tamom. Bolaning ismidan boshqa ma'lumot so'ralmaydi.
Hozir barcha o'yinlar bepul ochiq. Keyinchalik obuna qo'shilganda ham har bir hisobga sinov muddati beriladi va bir qism o'yinlar bepul qoladi.
2-7 yosh. O'qishni bilmaydigan bolaga ham tushunarli: har bir topshiriq ovoz va rasm bilan beriladi.
Kuniga 10-15 daqiqa o'ynalganda odatda birinchi haftalarda harflarning tovushi tanila boshlaydi, 1-3 oyda esa birinchi so'z boyligi yig'iladi. Har bola o'z sur'atida o'rganadi - aniq holatni ota-ona bo'limidagi statistikadan ko'rasiz.
Avval ovoz: har bir topshiriq eshitiladi. Bir harf bir nechta o'yinda qaytariladi, so'z rasm bilan birga beriladi, harfni barmoq bilan chizish motor xotirani qo'shadi, to'g'ri javob darhol yulduzcha bilan rag'batlantiriladi.
Yo'q. Bolaga ko'rinadigan qismda reklama ham, xarid tugmasi ham yo'q. To'lov bilan bog'liq hamma narsa faqat ota-ona bo'limida.
Telefon, planshet va kompyuterning brauzerida. Android'da ilovani bosh ekranga o'rnatsa, alohida ilovadek ochiladi; iPhone'da "Ulashish -> Bosh ekranga qo'shish".